AsosiyJamiyat

Poytaxtda "Antik va o`rta asrlardagi tangalar" ko`rgazmasi ochildi (foto)

15 dekabr kuni Toshkent shahridagi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida ochilgan mazkur ko`rgazmada 100 dan ortiq antik va o`rta asrlardagi tangalar namoyish etilmoqda, deya xabar beradi uz24.uz.

Tangalar bilan birga, ularning fotosuratlari hamda arxeologik qazilmalar davri jarayonlari aks etgan suratlar ham taqdim etilmoqda.

alt

Mis va bronza tangalar Xalqaro madaniyat karvon saroyi arxeologik ekspedisiyasi tomonidan Toshkent viloyati, Qonqa va Qarshovultepada, Surxondaryo viloyati Munchoqtepa hamda Xudoydot va Sho`robqo`rgon yodgorlik majmualaridan topilgan.

alt

alt

    Boshqa yangiliklar