Adliya vazirligining xabar qilishicha, darsliklar to`plami uchun ijara to`lovi miqdori respublika bo`yicha yagona bo`lib, uning narxlari 2019/2020 o`quv yili uchun quyidagicha belgilangan:
- umumta`lim maktablarining birinchi sinf o`quvchilari uchun – bepul;
- 2-sinflari uchun 12 ta darslikdan iborat to`plamning ijara narxi 23 200 so`mni;
- 3-sinflar uchun 10 ta darslikdan iborat to`plamning ijara narxi 25 800 so`mni;
- 4-sinflar uchun 11 ta darslikdan iborat to`plamning ijara narxi 18 300 so`mni;
- 5-sinflar uchun 13 ta darslikdan iborat to`plamning ijara narxi 13 000 so`mni;
- 6-sinflar uchun 15 ta darslikdan iborat to`plamning ijara narxi 15 800 so`mni;
- 7-sinflar uchun 16 ta darslikdan iborat to`plamning ijara narxi 20 000 so`mni;
- 8-sinflar uchun 16 ta darslikdan iborat to`plamning ijara narxi 40 700 so`mni;
- 9-sinflar uchun 16 ta darslikdan iborat to`plamning ijara narxi 38 500 so`mni;
- 10-sinflar uchun 17 ta darslikdan iborat to`plamning ijara narxi 27 200 so`mni;
- 11-sinflar uchun 19 ta darslikdan iborat to`plamning ijara narxi 34 700 so`mni tashkil qiladi.






