AsosiyJamiyat

Mustaqillik bayrami munosabati bilan afv e`lon qilindi

'Mustaqillik bayrami munosabati bilan afv e`lon qilindi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Mustaqillik bayrami munosabati bilan 65 nafar mahkumga nisbatan afv e`lon qilish haqidagi Farmonga imzo chekdi. Bu haqida «O`zbekiston 24» telekanalida ma`lum qilindi.

Farmonga binoan, 17 nafar shaxsning jazosi to`liq bekor qilindi, 13 nafari jazoni o`tashdan shartli ravishda ozod etildi, 20 nafar shaxsning jazosi engilrog`iga almashtirildi, 14 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazo muddati qisqartirildi, 1 nafar shaxs esa ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasidan ozod etildi.

Afv etilganlarning 39 nafari taqiqlangan tashkilotlardagi faoliyati uchun javobgarlikka tortilgan edi.

Afv etilganlarning 1 nafari 60 yoshdan oshgan shaxs, 4 nafari ayollar.

    Boshqa yangiliklar