AsosiyJamiyat

Masjidlar qanday tartibda ochiladi?

'Masjidlar qanday tartibda ochiladi?'ning rasmi

Diniy tashkilotlar Hukumat tomonidan tasdiqlangan maxsus nizomga asosan adliya organlarida davlat ro`yxatidan o`tkaziladi.

Mahalliy diniy tashkilotlar, shu jumladan masjidlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun hujjatlar tegishli hududiy adliya organiga taqdim etiladi.

Adliya organi tomonidan ushbu ariza uch oygacha muddatda ko`rib chiqiladi va ro`yxatdan o`tkazish yoki rad etish to`g`risida tegishli qaror qabul qilinadi.

  • Eslatib o`tamiz, diniy tashkilotlar faqat davlat ro`yxatidan o`tgandan so`nggina yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan holda o`z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar