AsosiyJamiyat

Mehnat migrantlari uchun qo`shimcha imtiyozlar bor

'Mehnat migrantlari uchun qo`shimcha imtiyozlar bor'ning rasmi

Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2020 yil 1 yanvargacha chet elga ishga ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin kasbga yo`naltirish markazlari tashkil etiladi. Bunda, har bir ta`lim oluvchi uchun bir oyda 4 bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq bo`lmagan miqdorda grantlar ajratiladi.

  • Shuningdek, mehnat migrantlari uchun quyidagilar imtiyozli sug`urta qilinadi:
  • ishga joylashishga patent va boshqa hujjatlar berilishini rad etilishi tavakkalchiligini sug`urta qilish;
  • transport xarajatlari va boshqa xarajatlar uchun kreditlar qaytarilmasligi tavakkalchiligini sug`urta qilish;
  • ixtiyoriy tibbiy sug`urta.

Qarorga ko`ra, Vatanga qaytib kelgan ishsiz va band bo`lmagan mehnat migrantlariga Bandlikka ko`maklashish jamg`armasi hisobidan grantlar berish yo`li bilan bepul kasbiy o`qitish, qayta o`qitish va malakasini oshirish choralari ko`riladi.

Shuningdek, 2020-2021 yillarda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Ekaterinburg, Novosibirsk, Volgograd, Pyatigorsk, Istanbul, Nur Sulton, Dubayda vakolatxonalari ochiladi.

Hujjat haqidagi to`liq ma`lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

    Boshqa yangiliklar