Bugun Zomin tumanida mamlakatimiz Mustaqilligining 28 yilligi arafasida “Yoshlar markazi” foydalanishga topshirildi.
O`zbekiston yoshlar ittifoqi Zomin tumani Kengashi raisi o`rinbosari Temurbek Nazarovning so`zlariga ko`ra, bu erda rus va ingliz tillarini o`rganish, kompyuter savodxonligi, shaxmat-shashka, mental arifmetika, tasviriy san`at, raqs to`garaklari, pazandachilik, tikuvchilik, to`quvchilik, milliy hunarmandchilik kabi kasb-hunar to`garaklari tashkil etilgan. Jami 13 turdagi to`garaklarning har bir guruhiga 12 nafardan yosh qamrab olinishi rejalashtirilgan.
Yoshlar media markazi axborot xizmati






