AsosiyJamiyat

«Antiradar» uchun jarima bormi?

'«Antiradar» uchun jarima bormi?'ning rasmi

Qahramon Xudoyberganov, Toshkent shahar YHXB matbuot kotibi:

— To`g`ri, dunyoning ko`plab mamlakatlarida radar-detektorlardan foydalanish qat`iyan man etilgan. Evropaning aksar hududida haydovchi mashinada bunday moslamani saqlagani uchun jinoiy javobgarlikka ham tortilishi mumkin. Ammo Hamdo`stlik davlatlari, jumladan, mamlakatimizda qabul qilingan qoidalarga ko`ra bu moslamalardan foydalanish taqiqlanmagan. Bu borada, asosan, radar-detektorlarning yo`l harakati xavfsizligiga ba`zi ijobiy ta`sirlari inobatga olingan. Zero, bizning asosiy maqsadimiz qoidabuzarlikni aniqlashgina emas, balki yo`llarimizda baxtsiz hodisalarni imkon darajasida kamaytirish hisoblanadi.

Xodimlarimiz tomonidan tezlikni aniqlovchi radarlar, asosan, yo`lning aholi punktlaridan o`tgan qismlari, xavfli burilishlar va boshqa shu kabi hududlarga o`rnatiladi. «Antiradar» tezlikni belgilanganidan oshirib harakatlanayotgan mashina haydovchisini oldinda xavfli hudud borligidan ogohlantiradi. Natijada ko`plab baxtsizlik­larning oldi olinadi. Agar shunda ham haydovchi tezlikni pasaytirmasa, tegishli ravishda jarimaga tortiladi. Shu o`rinda bugungi kunda jarimalar miqdori oshib borayotganini ta`kidlab o`tish joiz. Haydovchilar tezlikni oshirib, o`zlari va atrofdagilar hayotini xavfga qo`ygandan ko`ra, qoidaga amal qilishgani ma`qul.

    Boshqa yangiliklar