Los-Anjeles polisiya boshqarmasi tergovchilari va Federal qidiruv byurosi olti yil avval o`g`irlangan 10 million dollarlik kartinalarni topdi.
Los Angeles Times nashri ma`lumotiga ko`ra, AQSh tergovchilari 12ta kartinadan to`qqiztasini topgan. Ularning orasida Mark Chagall va Diego River suratlari ham bor. O`g`rilik 2008 yilning avgust oyida xususiy uyda sodir bo`lgan.
Kartinalar Los-Anjeles g`arbidagi mehmonxonadan topilgan. Prokuraturaning ta`kidlashicha, 45 yoshli Raul Espinoza suratlarni 700 ming AQSh dollariga sotishga uringan. Espinoza aybini tan olmagan. Ayni paytda, u qamoqqa olingan.
O`g`irlangan kartinalarning yana uchtasini qidirish davom etmoqda.