AsosiyJamiyat

Aholi xonadonlariga suyultirilgan gazni etkazib berilishi nazorati

'Aholi xonadonlariga suyultirilgan gazni etkazib berilishi nazorati 'ning rasmi

“O`zneftgazinspeksiya” o`z faoliyati davomida doimiy ravishda gaz ta`minoti korxonalari tomonidan aholi xonadonlariga imtiyozli narxlarda etkazib berilayotgan suyultirilgan gazni o`z vaqtida va amaldagi me`yoriy talablar asosida etkazilishini nazoratga olgan.

Bu borada olib borilayotgan navbatdagi profilaktik va tezkor tadbirlar davomida,gaz ta`minoti korxonalarining ba`zi nopok xodimlari tomonidan shaxsiy manfaatlarini o`ylab ta`lon-tarojlik, tasdiqlangan grafikka rioya etmaslik, qabul qilish va tarqatish jarayonlarida birlamchi hujjatlarni noto`g`ri yuritish kabi holatlarga yo`l qo`yayotganliklari ma`lum bo`lmoqda.

Shu o`rinda, suyultirilgan gaz ta`minotida yuzaga kelayotgan muammolarga fuqarolarimizning o`zlari ham sababchi bo`lmoqdalar, chunki hech kimga sir emas bugungi kunda ommaviy-axborot vositalari orqali yurtimizda har sohada yuz berayotgan yangiliklar, voqea-hodisalar, qabul qilingan qaror va qonunlar bo`yicha kunlik axborot va ma`lumotlar berib borilmoqda, shu jumladan energetika sohasidagi huquqiy-normativ hujjatlar ham ochiqlik prinsipi asosida keng jamotchilikka etkazilmoqda.

Lekin, ba`zi fuqarolarimiz o`z haq-xuquqlarini bilmasliklari, talab qilmaliklari sababli 2-3 oylab suyultirilgan gaz olmasalarda, xususiy gaz to`ldirish shaxobchalaridan qimmat narxlarda suyultirilgan gaz sotib olayotganliklari, gaz ta`minot korxonasidan sotib olgan gaz ballonlarining og`ir qoldiqlarini nazorat tartibida qayta tortib ko`rmayotganliklari hamda belgilangan narxdan qimmat sotilayotganda e`tirozsiz sotib olayotganliklari sohadagi ba`zi kimsalarga qo`l kelmoqda.

Joriy yil boshidan 15 avgust kuniga qadar, hududlarda o`tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida, Respublika bo`yicha 90 ta gaz tarqatish stansiyalari va gaz tarqatish punktlari tomonidan aholiga suyultirilgan gaz etkazib berish jarayonida 420 dan ortiq qo`pol qoida buzilishlari aniqlanib, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanishi natijasida iqtisod qilinishi mumkin bo`lgan 25,2 ming tonna suyultirilgan gaz miqdorlari aniqlangan.

Birgina avgust oyining o`tgan 15 kuni davomidagi, Respublika bo`yicha o`tkazilgan o`rganishlar natijasida aholiga suyultirilgan gazni etkazib berish yuzasidan 15 ta xolatda qonun buzilish xolatlari aniqlanib, hisoblangan umumiy suyultirilgan gaz miqdorlari 219 tonnani tashkil etdi.

Misol uchun,

Surxondaryo viloyatida, “Jarqo`rg`on gaz to`ldirish shoxobchasi”da 61 tonna va “Jarqo`rg`onneft”AJga 2 tonna suyultirilgan gaz texnologik yo`qotishlarga asoslovchi hujjatlarsiz hisobdan chiqarilgani;

Navoiy viloyati “Karmana-Navbaxor” tumanlararo gaz ta`minoti uchastkasida, aholi xonadonlariga joriy yilning o`tgan 5 oyi davomida 54 tonna suyultirilgan gaz rejaga nisbatan kam etkazib berilgani;

Andijon viloyati “Izboskan” tuman gaz ta`minoti uchastkasida:

- aholi xonadonlariga 20 kg. suyultirilgan gaz uchun belgilangan 19 ming so`m o`rniga, amalda 24 ming so`mdan to`lovlar undirilayotgani;

- aholi xonadonlari uchun ajratilgan 6 tonna suyultirilgan gazni gaz ta`minot uchastkasining maxsus avtotransport vositalariga yoqilg`i sifatida ishlatilgani;

- 41 tonna suyultirilgan gaz texnologik yo`qotishlarga asoslovchi hujjatlarsiz hisobdan chiqarilgani;

- tarqatish hujjatlari to`liq rasmiylashtirilmagan holda 62 tonna suyultirilgan gaz asossiz hisobdan chiqarilgani;

- 34,6 tonna suyultirilgan gaz uchun aholidan undirilgan 32 mln 894 ming so`m pul mablag`lari o`z vaqtida bankka topshirilmagani;

Xorazm viloyati “Xiva tumangaz” uchastkasida,

- 4 tonna suyultirilgan gaz texnologik yo`qotishlarga asoslovchi hujjatlarsiz hisobdan chiqarilgani;

- uchastka omborxonasida 6 tonna suyultirilgan gaz kamomadi mavjudligi;

Farg`ona viloyati “Real gaz biznes” xususiy korxonasining lisenziya muddati 2018 yil 15 dekabrda tugagan bo`lishiga qaramasdan, bugungi kunga lisenziyasiz faoliyat olib borayotganligi ma`lum bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar