AsosiyJamiyat

O`zbekiston Yoshlar ittifoqi rahbariyatida o`zgarish bo`ldi

'O`zbekiston Yoshlar ittifoqi rahbariyatida o`zgarish bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston yoshlar ittifoqi rahbariyatida o`zgarish bo`ldi, deya xabar bermoqda Ittifoq axborot xizmati.

Xabarga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 29 avgustdagi Farmoni asosida Prezidentning yoshlar, fan, ta`lim, sog`liqni saqlash va sport masalalari bo`yicha maslahatchisining birinchi o`rinbosari, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quranbaev O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va davlat hokimiyati vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo`yicha maslahatchisining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu paytga qadar O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o`rinbosari lavozimda ishlab kelgan Sa`dullaev Alisher Zafarovich bugundan boshlab Prezidentning yoshlar, fan, ta`lim, sog`liqni saqlash va sport masalalari bo`yicha maslahatchisining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi va O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi vazifasini vaqtincha bajarish yuklandi.

    Boshqa yangiliklar