AsosiyJamiyat

Toshkentda ilk osmono`par bino nomi ma`lum bo`ldi

'Toshkentda ilk osmono`par bino nomi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

29 avgust kuni Toshkentda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Murad Buildings va Ozguven quruvchi kompaniyalari rahbarlari O`zbekistondagi birinchi osmono`par bino nomini ma`lum qildi.

Bino Nest One deb nomlanib, bu nom loyihaning “Osmon barcha uchun” deya tanlangan konsepsiyasidan kelib chiqqan. Ushbu binodan ofislar, restoranlar, sport zonalari, avtoturargohlar, videokuzatuvlar xizmati hamda 746 ta xonadon o`rin oladi.

O`zbekistonning eng baland va ko`p funksiyali binosida ko`chmas mulkni sotish joriy yilning 14 sentyabr kuni boshlanadi.

Murad Buildings kompaniyasi asoschisi va rahbari Murod Nazarov hamda Turkiyaning Ozguven Architecture arxitektura byurosi direktori Ugur Ozer Ozgyuven va Ozguven direktorlar kengashi raisi Ozgyur Onur Ozgyuven mehmonlarga loyihalash va dizayndagi yangi tafsilotlar hamda bo`lg`usi binoning xavfsizlik choralari to`g`risida so`zlab berdilar.

Murod Nazarov: “Nest One O`zbekistondagi eng baland bino bo`libgian qolmay, ushbu binoda istiqomat qiluvchilar uchun o`ylab topilgan ajoyib arxitektura echimlari va sifatning barcha jahon standartlariga javob beradigan infratuzilmasi tufali qulaylikning yangi darajasini taqdim etadi”, – deya ta`kidladi matbuot anjumanida.

Jurnalistlarning savollariga javob berar ekan Ugur Ozer Ozgyuven jumladan shunday dedi: “Biz binoni modern stilida loyihaladik. Bu binodagi xonadonlar 5 yulduzli mehmonxona darajasidagi qulayliklarni o`z ichiga olgan. Bu erda yashovchilarning uydan chiqishga deyarli ehtiyoji qolmaydi. Komfort bilan hayot kechirish uchun zarur barcha narsa binoda mujassam qilinadi".

Ozgyur Onur Ozgyuven esa binoning konstruksiyaviy hisob-kitoblari, er silkinishlarida mustahkamligini sinash usullari tugaganini, bundan tashqari osmono`par bino shamol oqimlariga ham bardoshli ekanligi hisobga olinganini ta`kidladi.

Bo`lg`usi osono`par bino 51 qavat bo`lib uning balandligi 266,5 metrga etadi. Bu avvalgi uchrashuvga aytilganidan 51,5 metr balandroqdir. Dastlabki hisob-kitolarga ko`ra osmono`par binoning qurilishini 2021 yil dekabrda tugatish ko`zda tutilgan.

Yurtimiz qurilish sohasida katta o`zgarishlarga yo`l ochayotgan ushbu bino kelajakda Toshkentni Markaziy Osiyoning moliyaviy markaziga aylanishi uchun poydevor bo`lsa ajabmas.

Dilfuza SOBIROVA

    Boshqa yangiliklar