AsosiyJamiyat

"O`zbekiston temir yo`llari" Buxoro, Urganch va Termizga qo`shimcha poezdlar qatnovini yo`lga qo`ymoqda

“O`zbekiston temir yo`llari” DAK 2014 yilning 19 dekabridan 2015 yilning 4 yanvariga qadar O`zbekistonning yirik shaharlari orasidagi yo`nalishlarga yangi poezdlar qatnovini amalga oshiradi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.

Jumladan, 2014 yil 19 dekabr hamda 2015 yil 3- 4 yanvar kunlari Toshkentdan Buxoroga tezyurar poezd jo`natiladi. Aynan shu kunlarda Buxorodan Toshkentga ham qo`shimcha poezdlar qatnaydi.

2014 yil 19 dekabr va 2015 yil 2 yanvar kunlari Toshkentdan Urganchga, 2014 yil 20 dekabr va 2015 yil 3 yanvar kunlari Urganchdan Toshkentga poezdlar yo`lga qo`yiladi. Aynan shu kunlarda Toshkentdan Termizga va Termizdan Toshkentga boradigan qo`shimcha poezdlar ham qo`yiladi.

2014 yil 19 dekabr va 2015 yil 2 yanvar kuni Toshkentdan Termizga, 2014 yil 20 ddekabr hamda 2015 yil 3 yanvar kuni esa termizdan Toshkentga poezdar qatnaydi.

    Boshqa yangiliklar