AsosiyJamiyat

Arzon uy-joylar va imtiyozli kredit: ayrim qarorlarga o`zgartirish kiritildi

'Arzon uy-joylar va imtiyozli kredit: ayrim qarorlarga o`zgartirish kiritildi'ning rasmi

Prezidentning ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, jismoniy shaxslarga qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha arzon uy-joylar qurish uchun kreditlar 20 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan (hozirga qadar 3 yillik), birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz, keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida beriladi.

2020 yil 1 yanvardan boshlab esa 1 yillik imtiyozli davr bilan, birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat`iy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida beriladi.



    Boshqa yangiliklar