AsosiyJamiyat

Ayollarni tazyiqlardan himoyalash to`g`risida qonun imzolandi

'Ayollarni tazyiqlardan himoyalash to`g`risida qonun imzolandi'ning rasmi

Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O`RQ–561-son, 02.09.2019 y.).

Qonunga ko`ra tazyiq va zo`ravonlikdan jabrlanuvchi sodir etilgan zo`ravonlik yoki tahdid haqida tegishli organlarga yoxud sudga murojaat etish, bepul huquqiy maslahat, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish kabi huquqlarga ega.

Bunda jabrlanuvchi etkazilgan moddiy hamda ma`naviy zararni qoplash to`g`risida ariza bilan sudga murojaat etganida davlat boji to`lashdan ozod qilinadi.

Qonunda xotin-qizlarni tazyiqlar va zo`ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar ko`rsatib o`tilgan.

Mazkur organlar tazyiq va zo`ravonlikdan jabrlanuvchini unga tushunarli tilda himoya mexanizmlari, ko`rsatiladigan yordam va xizmatlar turlari to`g`risidagi axborot bilan tanishtirishi shart.

Xususan, ichki ishlar organlari tazyiq va zo`ravonlik to`g`risida og`zaki yoki yozma xabar olganda bunday harakatlarga chek qo`yish va ularning oldini olish yuzasidan kechiktirib bo`lmaydigan yakka tartibdagi chora-tadbirlar ko`rishi shart.

Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar