AsosiyJamiyat

O`zbekiston fuqaroligini yo`qotishi mumkin bo`lgan shaxslar ro`yxati e`lon qilindi

'O`zbekiston fuqaroligini yo`qotishi mumkin bo`lgan shaxslar ro`yxati e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi saytida xorijiy davlatlarga doimiy yashashga chiqib ketgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bo`yicha 1150 kishilik ro`yxat e`lon qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu fuqarolar xorijga doimiy yashashga uch yildan ortiq vaqt oldin chiqib ketgan bo`lib, hozirga qadar konsullik hisobiga turmaganlar.

Xabarda aytilishicha, shu munosabat bilan, «O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi to`g`risida»gi qonunning 21-moddasiga muvofiq, ro`yxatdagi shaxslarga nisbatan ular fuqaroligini olib tashlashni rasmiylashtirish masalasi ko`rib chiqilmoqda.

Ushbu ro`yxat bilan quyidagi link orqali ko`rishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar