2014-yilning 18 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Komilov yurtimizda bo`lib turgan prezident Boris Kandov boshchiligidagi AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi delegasiyasini qabul qildi, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Suhbat chog`ida madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvda, shuningdek, O`zbekiston-AQSh munosabatlari doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdorligi tasdiqlandi.
AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi a`zolari mamlakatimizga 21-dekabrda bo`lib o`tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlarining mahalliy Kengashlariga saylovda kuzatuvchilar sifatida kelganlar.





