Gongonglik Ting Su (Ting Su) unga xiyonat qilgan erini savdo markazi mashinalar turar joyida yalang`och holda tashlab ketdi, deya xabar bermoqda Metro.
Ayol erini kuzatib yurar ekan, mashinani shu erda ko`rib qoladi va ichkarida eri hamda o`z singlisiga ko`zi tushadi.
Ting Suni sezib qolishgach, mashinadagilar sakrab tushishadi. Fursatdan foydalangan Ting mashina ruliga o`tiradi va u erdan chiqib ketadi. Eri esa kiyimsiz qolib ketadi.
Voqea guvohi Yu Men (You Meng) erkak va ayolning ahvholini juda kulguli deb tasvirlagan. “Odamlar darhol telefonlarini qo`lga olishdi va suratga ola boshlashdi. Men ham shunday qildim. Yigit mushti mashina oynasini urib baqirdi, biroq ayol ketib qoldi”, - deydi Men.
Keyinchalik Ting Su sudga ajrashish haqida ariza berganligi ma`lum bo`ldi.





