Bugungi kun yoshlari bilagidagi kuchni, o`z bilimini qaerga, qanday sarflashni yaxshi biladi. Ularning har sohada mustaqil qadam tashlashi, jamiyatda munosib o`rin egallashga bo`lgan ishtiyoqi yoshlarga oid davlat siyosatining samarasidir. Zamonamiz yoshlari bugun deputat, rahbar, ishbilarmon sifatida ham ildam. Ular mamlakat taraqqiyoti ko`zlangan islohotlarda tashabbuskorligi,kreativ g`oyalari, betakror loyihalari va aniq maqsadlari bilanvatanimiz ravnaqi uchun munosib hissa qo`shib kelmoqda. Yosh bo`lsalar-da, xalqimizning, ayniqsa,yoshlarimizning dardini tushunadi. Tengdoshlarining g`amini eb, tinimsiz izlanadi, mehnat qiladi.
So`nggi yillarda Prezidentimiz ana shunday sadoqat bilan yonib yashayotgan bilimli, tashabbuskor, tashkilotchi, fidoyi yoshlarga mas`uliyatli rahbarlik lavozimlarini ishonib topshiryapti. Jumladan, Alisher Sa`dullaev ham qisqa vaqt ichida sodiq xizmati, fidoyiligi bilanyaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o`z hayotida yangi marralarni zabt etdi. Dastlab, 2017 yil iyul oyidan2018 yil oktyabr oyigacha O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirining o`rinbosari lavozimida samarali ish olib bordi. 2018 yil 27 oktyabr kuni O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Yoshlar etakchisi raisligida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Toshkent shahri Yunusobod tumaniga tashrifi davomida 24 yoshli Alisher Sa`dullaev O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ushbu yig`ilishda “Prezident bizga juda katta imkoniyatlar berdi, u kishi biz, yoshlarga ishondi, ishonch esa — bu katta qarz, buni unutmasligimiz kerak” , – degan edi yosh rahbar A. Sa`dullaev.
Uning fikricha, Prezident yoshlar vakilini bekordan-bekorga bu lavozimga tayinlamagan — davlat rahbari bu bilan yoshlar qo`rqmasligi va o`z g`oyalarini baralla aytishi kerakligini bildirmoqchi bo`lgan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 avgustdagi Farmoni asosida O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o`rinbosari lavozimda ishlab kelgan Sa`dullaev Alisher Zafarovich shu kundan boshlab Prezidentning yoshlar, fan, ta`lim, sog`liqni saqlash va sport masalalari bo`yicha maslahatchisining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi va O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi vazifasini vaqtincha bajarish yuklandi.
—Mening davlat rahbari tomonidan bu lavozimga tayinlanishim nafaqat menga balki barcha yoshlarga berilgan yuksak ishonchdir. Bu oilamizga, sharafli kasb egasi bo`lgan o`qituvchi otam va mehribon onajonimga katta faxr bag`ishlaydi Shuningdek, ayni kunlarda o`qituvchilar nufuzini oshirish uchun qilinayotgan harakatlarga mos ravishda bu tayinlov o`qituvchi oilasiga o`zgacha kuch bag`ishlaydi, – deydi A.Sa`dullaev.— Davlat rahbarining yuksak ishonchi – har qanday yosh halol mehnat, tinimsiz izlanish va xalqiga sadoqat bilan xizmat qilish orqali yuqori marralarga erishishi mumkinligining isbotidir.
Singapur menejmentini rivojlantirish institutinitamomlab, faoliyatini “Result” o`quv markazining direktorligidanboshlagan yosh rahbar “Kimni qo`lida ishlar ekanman, nima ish qilsam ekan?”, deb emas, “Men bundan-da ko`proq ish o`rni yaratishga qodirman, yanada izlanishim,ko`proq mehnat qilishim kerak”, deb o`z ustida ishlagani bois bugun uning yutuqlari bardavom.Yaratayotgan yirik loyihalari, katta rejalari amalga oshyapti.
Prezidentimiz yoshlarni qo`llab-quvvatlab turgan bir paytda biz ham Alisher Sa`dullaev kabi yoshlarning safi kengayishini xohlaymiz.Chunki yurtimiz ertasini ana shunday ishbilarmon, ilg`or yoshlar yaratadi.