Andijon shahrida Yangi yil bayrami archalari va qishloq xo`jaligi mahsulotlari yarmarkalari tashkil etildi, deya xabar bermoqda O`zA.
Shu kunlarda yurtimizning barcha hududlarida bo`lgani kabi Andijonda ham Yangi yil bayrami shukuhi kezmoqda. Mehnat jamoalarida, ta`lim muassasalarida turli bayram tadbirlari o`tkazilmoqda.
Aholining bayram dasturxoni yanada to`kin bo`lishi, ularni sifatli oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan ta`minlash maqsadida viloyat va barcha tuman markazlarida bayram yarmarkalari tashkil etildi.
Qayta ishlash korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilikka ixtisoslashgan xo`jaliklar o`z mahsulotlari bilan ishtirok etayotgan yarmarkalarda ona zaminimizda etishtirilgan saksonga yaqin turdagi oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi mahsulotlari xaridorlarga taklif etilayotir.
Bayramoldi yarmarkalarida mahsulotlar narxining bozorga nisbatan arzonligi aholiga manzur bo`lmoqda.
19.12.2014 07:38





