Xitoyning Xenan provinsiyasi uy-joysizlar bilan ishlash tashkiloti xodimlari ikki bolani daraxtga bog`lab qo`yishdi. Buning sabablaridan biri bolalarning aqlan zafiligidir, deya xabar bermoqda The South China Morning Post.
Internetga tushgan rasmlardan birida etimxona ortidagi daraxtga bog`lab qo`yilgan bola aks ettirilgan. Yana bir tasvirda esa bolakay atrofga sochib tashlangan ovqat qoldiqlarini emoqda. Yana bir suratda esa bola kulmoqda va daraxt atrofida aylanib yuribdi.
Etimxona ichkarisidan olingan yana bir rasmda esa, bolaning ozg`in oyoqlari ko`rinib turibdi.
Ma`muriyat bu bolani aqlan zaifligi va oyoq ostida o`ralashib yurmasligi uchun bog`lab qo`yliganligini ma`lum qildi. Ikkinchi bola nima uchun bog`lab qo`yilganligiga esa oydinlik kiritilmagan.
Xodimlardan birining aytishicha, bu er yaqinda tashkil etilgan bo`lib, hali etarli tajribaga ega emas.
Bu erda jami 20 kishi yashaydi. Ularning har biriga davlat tomonidan bir oyda 800 yuan ( taxminan 130 dollar) ajratiladi.