1

Turkiya muhojirlarga chegaralarni ochib yuborishi mumkin

Dunyo 07.09.2019, 09:49
Turkiya  muhojirlarga chegaralarni ochib yuborishi mumkin

Turkiya bordi-yu, va`da qilingan moliyaviy yordamni to`liq qo`lga kiritmasa, Evropaga noqonuniy o`tishi mumkin bo`lgan muhojirlarga chegaralarini ochib yuborishi mumkinligi bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Bu haqda mamlakat prezidenti Radjep Toyib Erdog`an ma`lum qildi. Bundan uch yil avval Turkiya hukumati Afrika va Yaqin Sharqdan bo`lgan qochoqlarning Turkiya hududi orqali Gresiyaga va g`arbiy Evropaga o`tishini cheklash maqsadida o`z chegaralarini yopgan edi. Turkiya o`z zimmasiga Gresiya qirg`oqlariga qadar etib kelgan va boshpana so`rayotgan noqonuniy muhojirlarni ortga qaytarish majburiyatini olgan edi. Har bir ortga qaytarilgan noqonuniy muhojir evaziga esa Evropa Ittifoqi Turkiya hududida yashayotgan qonuniy muhojirlarni o`z hududiga olishi lozim.

Shuningdek Evropa Ittifoqi qochoqlar ta`minoti masalasida Turkiyaga 6 mlrd evro miqdorida yordam ajratishi kerak edi. Rajep Toyib Erdog`an hozirda bir million qochoqni Suriyaga qaytarishni rejalashtirmoqda. Ayni damda rasmiy Anqara AQSh hukumati bilan hamkorlikda suriya Shimolida qochoqlar uchun xavfsiz hududni yaratish niyatida. Turkiya prezidenti suriyalik qochoqlarni joylashtirish masalasida xalqaro qo`llab-quvvatlov olmasa, qochoqlar uchun Evropaga o`tish yo`lini ochib yuborishini ta`kidladi. Mamlakat hukumati xaqaro hamjamiyatni ushbu rejani amalga oshirishda yordam berishga chaqirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1