AsosiyJamiyat

Hokimliklarning vakolatlari qisqartiriladi

'Hokimliklarning vakolatlari qisqartiriladi'ning rasmi

Bugungi kunda xususiy mulkni himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirishda byurokratik to`siqlarni bartaraf etish va respublikada investisiya muhitini yaxshilashga oid ko`pgina qarorlar qabul qilinmoqda.

Xalqimiz orasida o`z uy-joylarini noturar ob`ektga aylantirib halol mehnati orqali novvoyxona, oshxona, sartaroshxona, ustaxona, savdo do`koni, dorixona va h.k. tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanaman degan vatandoshlarimiz talaygina.

Amaldagi qonunchiligimizga ko`ra, aholi o`zlariga tegishli bo`lgan uy-joylarni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida noturar joy toifasiga o`tkazish uchun hokimlarning qarorlari bilan 11 kunlik muddatda ruxsat oladilar.

Biroq, shu kunga qadar amaldagi qonunchilikda noturar joyni qayta turar joy toifasiga o`tkazish tartibi belgilanmagan. Oqibatda turli xil huquqni qo`llash amaliyoti vujudga kelib, aholini ayrim hollarda korrupsiya va qog`ozbozlik holatlariga olib kelishiga zamin yaratib kelmoqda.

Amaliyotda ba`zi hollarda vakolatli organlar ushbu muddatlarni sababsiz bir oygacha kechiktirilgan holatlar ham ko`pgina.

Adliya vazirligi tomonidan mazkur davlat xizmatining ko`rsatilishini soddalashtirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritildi.

Endilikda taklif etilayotgan tartibda (turardan noturarga va noturardan turar joy toifasiga o`tkazishga ruxsatnoma berish):

- hokimlarning ruxsat beruvchi qaror qabul qilishi mexanizmini bekor qilish;

- ruxsatnoma berish muddati 11 kunlikdan 4 ish kuniga qisqartirish;

- tuman qurilish bo`limi tomonidan elektron shaklda ruxsatnomalar berilishi belgilanmoqda.

    Boshqa yangiliklar