Umumiy o`rta ta`lim muassasalarining 10-11-sinf o`quvchilariga kasbiy ta`lim berishga ixtisoslashgan o`quv-ishlab chiqarish majmualari tugatildi.
Mazkur qaror O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta`lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni bilan qabul qilindi.
Farmon bilan O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining umumiy o`rta ta`lim muassasalarining 10-11-sinf o`quvchilariga kasbiy ta`lim berishga ixtisoslashgan o`quv-ishlab chiqarish majmualarini tugatish to`g`risidagi taklifiga rozilik berildi.
Shu bilan birga, umumiy o`rta ta`lim muassasalarining 10-11-sinf o`quvchilariga kasbiy ta`lim berishga ixtisoslashgan o`quv-ishlab chiqarish majmualari tugatilishi hisobiga bo`shaydigan mablag`lar professional ta`lim tizimini moliyalashtirishga yo`naltiriladi.






