Yangi haftada harorat 3−6 daraja pasayadi, mamlakatning markaziy va sharqiy hududlarida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda.
Yangi haftaning boshida haroratning tushishi va yog`ingarchiliklar kutilmoqda, deya xabar qildi «O`zgidromet» matbuot xizmati.
Sinoptiklar bu yil kuz fasli noodatiy boshlanganini ta`kidlamoqda. Sentyabrning birinchi kuni respublika bo`ylab ayrim joylarda bir oz yomg`ir yog`di, harorat ushbu mavsum uchun me`yoriy ko`rsatkichlardan 3−5 daraja past bo`lib, +25…+28 darajagacha tushdi.
So`ngra Volgabo`yi hududlaridan kirib kelgan salqin havo oqimlari ta`risida havo harorati pastligicha qoldi. Xuddi shu harorat joriy hafta oxiriga qadar hukmronlik qiladi.
Shanba kuni butun respublika bo`ylab quyoshli havo hokim bo`lsa, yakshanba kuni havo bulutli, biroq yog`ingarchiliklarsiz bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi +10…+15, kunduzi — +23…+28 daraja atrofida bo`ladi.
Dushanba kuni kuni ob-havo keskin yomonlashadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hamda Farg`ona vodiysi bo`ylab ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi, kunduzi harorat +17…+22 darajagacha tushishi mumkin.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa yomg`ir yog`ish ehtimoli pastroq, harorat +20…+25 daraja atrofida bo`ladi. Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatida yog`ingarchiliklar kutilayotgan yo`q.
Sentyabrda, ayniqsa oyning birinchi yarmida havoning bunday keskin sovushi uzoq davom etmaydi, deya qayd etdi sinoptiklar. Seshanbadan respublikada yog`ingarchiliklarsiz ob-havo hukmronligi o`rnatiladi, faqatgina Farg`ona vodiysida yog`ingarchiklar yana bir kun davom etishi mumkin. Tungi va ertalabki soatlarda ancha salqin bo`ladi — +8…+11 daraja. Kunduzgi harorat esa ko`tarilishni boshlaydi.






