Respublikamizning barcha hududlarida “Ezgulik albatta qaytadi!” shiori ostida o`tkazilgan qon topshirish hayriya aksiyasida Milliy gvardiya tarkibiy va hududiy bo`linmalari harbiy xizmatchilari hamda xodimlari faol ishtirok etdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qildi.
Harbiy xizmatchilar ko`ngilli ravishda qon topshirish uchun maxsus markazlarga borishdi va ko`plab bemorlar uchun zarur bo`lgan hayot tomchilarining yig`ilishiga sidqidildan hissa qo`shishdi.

Ma`lum qilinishicha, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Muruvvat va mehribonlik uylariga ham borish, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo`lgan xodimlarning oila a`zolaridan, imkoniyati cheklangan va keksalar holidan xabar olish hamda muhtojlarga yordam ko`rsatish tizimida faol qatnashadi.






