Yaqinda qabul qilinishi rejalashtirilayotgan Davlat qabul komissiyasi qarori bilan "super-kontrakt" narxlari arzonlashishi kutilmoqda. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiev telegram kanalida ma`lum qildi.
Bunga sabab super-kontrakt narxlari stipendiyasiz to`lanadigan kontrakt miqdoriga nisbatan belgilanar ekan.
Misol uchun:
O`tgan yili super-kontrakt miqdori 11 million so`mning 15 barobari, ya`ni 165 million so`m etib belgilangan bo`lsa, joriy yilda 1 yillik stipendiya miqdori (4,8 million so`m) chegirib tashlanib, 6 million 200 ming so`mning 15 barobari, ya`ni 93 million so`m etib belgilanadi.
Boshqacha aytganda, super-kontrakt miqdorlari quyidagicha kamayadi:
10 barobarda - 48 million so`mga;
15 barobarda - 72 million so`mga;
20 barobarda - 96 million so`mga;
25 barobarda - 120 million so`mga.
Faqat birgina jihati, joriy yildan boshlab Davlat qabul komissiyasi super-kontraktning faqat minimum miqdorini belgilab beradi. Oliy ta`lim muassasalari shu minimumdan kam bo`lmagan holatda super-kontrakt narxini o`zlari mustaqil belgilash huquqiga ega bo`ladi