Boliviyada yuk mashinasi va mikroavtobus to`qnashishi natijasida etti kishi halok bo`ldi va shuncha odam jarohatlandi. Bu haqda Janubiy Amerika mamlakatlarining mahalliy hokimiyat organlari tomonidan xabar qilingan.
Hodisa Boliviya poytaxti Sukredan 35 kilometr uzoqlikda sodir bo`lgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yuk mashinasi haydovchisi qarama-qarshi yo`nalish bo`yicha harakat qilgan va mikroavtobus bilan to`qnashgan. Turli darajada tan jarohati olgan yo`lovchilar shifoxonaga etkazilgan va u erda ularga tibbiy yordam ko`rsatilgan.





