AsosiyJamiyat

O`zbekistonda avtomobillarga yoqilg`i quyuvchi qurilmaga patent berildi

Xitoylik ishlab chiqaruvchilar tomonidan avtomobillarni yoqilg`i bilan ta`minlovchi qurilma ishlab chiqildi, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy sayti.

Bu qurilma neft mahsulotlari saqlash uchun mo`ljallangan ikki devorli idish, benzin quyish kolonkasiga ulanadigan chiqaruvchi quvurdan iborat. Idishning ichki sirti hamda uning devorlari orasidagi bo`shliq portlashdan himoyalovchi materiallar bilan to`ldirilgan.

O`zbekiston intellektual mulk agentligida xabar berilishicha, yoqilg`i uchun idish va quyish kolonkasi zarbalarga qarshi asosga mahkamlangan va usti qoplama bilan qoplangan harakatlanuvchi platformaga o`rnatilgan.

Yoqilg`i quyish kolonkasi raqamli elektron displey, benzonasos va yoqilg`i quyish pistoletini ishga tushiruvchi alohida blok ko`rinishida ishlangan. Raqamli elektron displey va yoqilg`i quyish pistoleti harakatlanuvchi platforma qoplamasining tashqi devoriga mahkamlangan. Bu ixtiroga IAP 04967 raqamli patent berilgan.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar