Mu-i-Ran shahridagi Norvegiya Milliy kutubxonasidan taniqli multplikatorning 1927 yilda yaratgan “Bo`sh paypoqlar” multfilmi topildi.
Multfilm tasmasi galdagi inventarizasiya vaqtida topilgan. U qora-oq rangli qisqa metrajli bo`lib, Uolt Disneyning Rojdestvoga bag`ishlangan birinchi filmi hisoblanadi. Uning qaxramoni Osvald ismli quyon Mikki-Mausning prototipidir.
Mazkur mulfilmning 25 soniyadan iborat yagona parchasi Nyu-Yorkdagi zamonaviy san`at muzeyida saqlanadi. Norvegiyada topilgan nusxasi esa 5 yarim daqiqa davom etadi (30 chi soniyadan 60 soniyagaga qadar bo`lgan qismi o`chib ketgan). Agar tasmaga 87 yil bo`lgani hisobga olinsa, yomon natija emasligini qayd etish mumkin.
Hozirda tasmaning raqamlashtirilgan nusxasi Disney kompaniyasiga yuborildi, asl nusxasi esa kutubxonada qoldi.
Manba: “Vokrug sveta” nashri





