AsosiyJamiyat

Toshkentda Nexia va Lacetti ishtirokida noodatiy yo`l-transport hodisasi yuz berdi

19-dekabr kuni poytaxtdagi Ziyolilar ko`chasida Nexia va Lacetti rusumli avtomobillar ishtirokida noodatiy avtohalokat sodir bo`ldi. Bu haqda Uz24 xabar berdi.

Hodisa segment yo`l ishlari olib borilgan temir yo`l kesishmalarida sodir bo`lgan. Avtomobil Nexia haydovchisi Lacetti egasi kabi yo`ldagi chuqurga tushib ketmaslik uchun keskin tormoz bergan.  Natijada Nexia orqasi bilan  Lacetti ustiga chiqib qolgan.

Favqulodda hodisa tufayli avtomobillarga zarar etgan. Haydovchi va yo`lovchilarga ahvoli haqida nashr ma`lumot bermagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar