"Darakchi" gazetasi hamda darakchi.uz sayti ijodkorlari sizlar uchun o`zbek estradasi yulduzlari, akter va aktrisalardan bayram tabriklarini taqdim etishda davom etadi.
Ilhom Farmonov:
- “Darakchi” gazetasining barcha muxlislarini kirib kelayotgan yangi yil bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Albatta, “Darakchi” o`tib borayotgan yilda o`quvchilarini kutilmagan yangiliklar bilan xushnud qilishdi. Kirib kelayotgan yilda ham ijodkorlarning qalami o`tkir bo`lishini tilab qolamiz. Barchamizga ma`lumki, gazetaning har bir sonini o`quvchilar intiqib kutishadi, shu qatorda biz ham gazetani oilaviy o`qiymiz.

Jahongir Poziljonov:
- Yangi yilda “Darakchi” muxlislari o`zlarining oldiga qo`ygan barcha yangi g`oya va istaklariga erishishsin. Hech qachon omad va baxt ularni tark etmasin.

Lutfulla Sa`dullaev:
- “Darakchi” gazetasi muxlislari ko`pligidan birinchi o`rinda turadi, desam xato qilmagan bo`laman. Chunki gazeta sahifalarida ham yoshlarga, ham o`rta yoshlilarga hamda qariyalarga mos maqolalar, hikoyalar, turli materiallar e`lon qilinadi. Mening eng yaxshi ko`rgan gazetam. Har bir sonida kamida beshta sotib olamiz. Muvaffaqiyatlar tilayman. Yomon ko`zlardan o`zi asrasin. Jurnalistlarning ijodiy salohiyati yanada yuksalsin.

Shoxruhxon:
- Yangi yilda hammaga baxt va omad tilayman. Hamma o`z orzulariga erishsin.

Munisa Rizaeva:
- Hammaga sog`lik-salomatlik tilayman. Sog`lik bo`lsa, o`ylaymanki, hammasiga erishsa bo`ladi.

Alisher Ro`zmetov:
- “Darakchi” gazetasi ijodkorlarini yangi yil bilan tabriklayman. Ijodiy parvozlar yor bo`lsin!

Shahzoda:
- Gazeta muxlislarini kirib kelayotgan yangi yil bilan chin dildan qutlayman. Eng ezgu tilaklar ular yor bo`lsin. Har doim sog` va salomat bo`lishsin.






