Ba`zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida” Qonun Prezident tomonidan imzolandi...
Qonun bilan 10 dan ortiq qonunlarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
Sudlar to`g`risidagi Qonunga kiritilgan o`zgaritishlarga ko`ra, endilikda sudyalik uchun 35 yosh bo`lish talab etiladi (ilgari 30 yosh edi).
Shuningdek, sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan zaxiradagi nomzodlar Sudyalar oliy maktabida o`rtacha oylik ish haqi saqlanmagan holda o`qishi belgilandi (ilgari, o`rtacha oylik ish haqi saqlangan).
Qonun bilan Xalq maslahatchilarining ham yoshi 35 yosh etib belgilandi (ilgari 30 yosh edi).
Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.






