O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlarning takliflarini o`rganish maqsadida maxsus so`rovnoma o`tkazildi.
So`rovnoma natijalariga ko`ra, respondentlarning 24,6 foizi “sosial lift”, ya`ni yosh mutaxassislarni qo`llab-quvvatlash va mas`uliyatli lavozimlarga tayinlash, 13,4 foiziaxborot texnologiyalar sohasini rivojlantirish, yosh mutaxassislarni qo`llab-quvvatlash maqsadida ularning hamjamiyatini yaratish bilan bog`liq bo`lgan fikr-mulohazalarini bildirdi. Ishtirokchilarning 9,7 foiziyoshlar bilan ishlashda respublikamizning barcha hududlari, tuman (shahar), ayniqsa chekka hududlardagi yoshlar takliflarini inobatga olgan holda loyihalar ishlab chiqish va ularni tatbiq etish lozimligini ta`kidladi. 9 foiz qatnashchi esa– yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, biznesni yo`lga qo`yishni o`rgatishg`oyasini ilgari surgan bo`lsa, 7,5 foiziyoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etishni samarasi haqida to`xtaldi. So`rovnoma qatnashchilarining 6 foizi volontyorlik faoliyatini yo`lga qo`yish, 4,5 foiziimkoniyati cheklangan yoshlar bilan ishlashda yangicha yondashuv, 3,7 foizi yoshlar turizmini rivojlantirish hamda 21,6 foizi– boshqa sohalarga oid takliflarni berishdi.
O`zbekiston yoshlar ittifqi aksariyat bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va hududiy Kengashlari rahbar lavozimlariga o`z nomzodlarini qo`ymoqchi bo`lgan yoshlar uchun ochiq tanlov e`lon qiladi.
Nomzodlarga qo`yiladigan asosiy talablar:
- yoshlar bilan ishlashga oid bilim va ko`nikma;
- tashabbuskorlik va ishbilarmonlik;
- muloqotga kirishuvchanlik;
- jamoa bilan ishlash ko`nikmasi;
- tanqidiy-tahliliy fikrlash va muammolar echimiga kreativ yondashuv;
- mustahkam iroda va motivasiya;
Nomzodlarni saralashda davlat tili va chet tillarini bilishi hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olishi e`tiborga olinadi. Sizda yoshlar bilan ishlash imkoniyati bor! O`zingiz haqingizdagi ma`lumotni (CV/Rezyume) hr@yi.uz elektron pochta manziliga yuboring.






