SO&CO studiyasi Tokioning gavjum tor ko`chasida 5 ta kichik ofisli bino qurdi, deb yozmoqda TJournal.
U shaharning etakchi savdo rayonlaridan biri bo`lgan Ginzada joylashgan bo`lib, qo`shni binolardan atigi 2,7 metrli tor fasadi va odmi beton qoplamasi bilan farq qiladi.
Studiya rahbarining aytishicha, fasadning minimalizmi odamlarning vizual ravishda tiqilinch ko`ringan joyda unga huddi qo`ng`iroq minorasiga qaragandek tepaga qarashga majbur qiladi.
Bino «L» harfi ko`rinishida bo`lib, uzun yo`lak bilan 4 qavatli ochiq zinalar orqali ulangan ofis xonalariga o`tiladi.
Undan umumiy ko`rgazma maydoni sifatida foydalanilishi kutilmoqda. Qo`shimcha yoritish butun bino bo`ylab o`tgan yorug`lik yo`lagi hisobiga erishiladi.
17.09.2019 14:23
Tokioda eni 2,7 metr bo`lgan eng tor ofis binosi qurildi
