AsosiyJamiyat

«Ozon qatlami va men» tanlovi g`oliblari taqdirlandi

'«Ozon qatlami va men» tanlovi g`oliblari taqdirlandi'ning rasmi

Ona tabiatni, xususan, ozon qatlamini himoya qilish to`g`risida xabardorlikni oshirish, uning himoyasi hamda iqlim o`zgarishi haqida ma`lumot berish, yoshlarning bo`sh vaqtlarini unumli tashkillashtirish va rag`batlantirish maqsadida “Ozon qatlami va Men” mavzuida ijodiy ishlar tanlovi va o`quv seminari o`tkazildi.


Mazkur tadbirlar O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan “16 sentyabr — Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni”ga bag`ishlab tashkil qilindi.

«Ozon qatlami va Men» mavzuidagi ijodiy ishlar tanlovi “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi elektron plakat”, “Eng yaxshi rasm (3-7 yosh, 7-16 yosh, 16 yoshdan yuqori)” nominasiyalari bo`yicha uyushtirildi.

16 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi Ma`naviyat va ma`rifat markazida bo`lib o`tgan taqdirlash marosimida 18 nafar ijodkor yoshlar – tanlov g`oliblar munosib rag`batlantirildi.

«Ozon qatlami va Men» mavzuidagi ijodiy ishlar tanlovining g`oliblari O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan ajratilgan mukofotlar topshirildi.

Taqdirlash marosimida mas`ul va homiy tashkilotlarning mutasaddi vakillari, ekspertlar kengashi a`zolari, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi Ma`naviyat va ma`rifat markazi va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Ma`lumot uchun: Tanlovning ilk bosqichida 250 dan ziyod ishtirokchilar o`z ijodiy ishlari bilan qatnashdi. Tanlov yakuniga ko`ra, barcha nominasiyalar bo`yicha 18 nafar g`oliblar aniqlanib tashkilotchilarning esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

    Boshqa yangiliklar