Hukumatning ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi (784-son, 18.09.2019 y.).
Endilikda, yakka tartibda va qishloq joylarda namunaviy qurilgan arzon uy-joylar uchun ipoteka kreditlari 2 yillik (2020 yil 1 yanvardan 1 yillik) imtiyozli davr bilan 20 yil (hozirgacha 6 oylik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha) muddatga beriladi.
Shuningdek, o`lchami 0,02 ga bo`lgan erda joylashgan bir qavatli 3 xonali arzon uylar va 4 qavatli arzon ko`p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar arzon uy-joy hisoblanadi.
Ipoteka krediti miqdori arzon uy-joy qiymatining 90 foizidan ko`p bo`lmagan miqdorda belgilanadi.
Bundan tashqari, ipoteka krediti 18 yoshga to`lgan va 60 yoshdan oshmagan O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi (hozirga qadar bunday kredit olish uchun yuqori yosh chegarasi belgilanmagan).