AsosiyJamiyat

Bugun metro aholiga bepul xizmat ko`rsatmoqda

'Bugun metro aholiga bepul xizmat ko`rsatmoqda'ning rasmi

Toshkent birinchi marta dunyoning 50 dan ortiq mamlakati ishtirok etadigan “Evropa mobil haftaligi”ning rasmiy ishtirokchisiga aylandi. Bir qator mamlakatlarda har yili 16-22 sentyabr kunlari sog`lom turmush tarziga chorlovchi avtomobilsiz kun tadbirlari bo`lib o`tadi.

Bugun poytaxtimiz Toshkentda turli xil harakat usullarini ommalashtirish orqali aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilishga qaratilgan tadbirlar rejalashtirilgan. Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi delegasiyasi va Toshkent shahri hokimiyati tashabbusida o`tkazilayotgan tadbirlar boshlandi.

Bunda metrodan foydalanishni ommalashtirish uchun 19 sentyabr kuni metroda sayohat bepul bo`ladi. Shuningdek, bugun bekatlardagi o`tish yo`laklari musiqachilar, aktyorlar va boshqa ko`ngilochar dasturlarning sahnasiga aylanadi. Aksiya tashkilotchilari poytaxt aholisini shu kuni o`z mashinalarini qoldirib, ishxonalariga metroda borishga chaqirishmoqda.

Eslatib o`tamiz, 22 sentyabr kuni “Avtomobilsiz kun” tadbiri ham bo`lib o`tadi. 22 sentyabr kuni poytaxt aholisi va mehmonlari o`zlarining mashinalarini tashlab, poytaxtning Uchtepa tumani, Lutfiy ko`chasi bo`ylab piyoda sayr qilishga taklif etilmoqda. Ishtirokchilar bayramona muhitdan zavqlanib, turli ko`ngilochar va ma`rifiy tadbirlarda qatnashishlari uchun ko`cha kun bo`yi avtomobillar uchun yopiq bo`ladi. Shu kuni shaharda harakatlanish, xavfsizlik, piyodalar, velosipedchilar va haydovchilar o`rtasidagi o`zaro hurmatning muhimligi mavzusida master-klasslar va-musobaqalar bo`lib o`tadi. Avtomobilsiz kun “Seul“ bog`idagi bayram konserti bilan yakunlanadi. Tadbirlar “Birga yuramiz!“ shiori ostida o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar