AsosiyJamiyat

Maktabgacha ta`limning yangi turi joriy etilmoqda

'Maktabgacha ta`limning yangi turi joriy etilmoqda'ning rasmi

Mobil guruhlar bazasida maktabgacha ta`lim xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish to`g`risida Hukumat qarori (786-son, 18.09.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2019-2020 o`quv yilidan boshlab, maktabgacha ta`lim mobil guruhlari tajriba tariqasida Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar ayrim tumanlarida, qayta jihozlangan ISUZU HC 40 avtobuslarida tashkil etiladi.

Mobil guruhning asosiy vazifalaridan biri maktabgacha ta`lim bilan qamrab olinmagan bolalarning har tomonlama etuk, intellektual kamol topishiga sharoit yaratishdan iborat.

Mobil guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan, maktabgacha ta`lim muassasalariga bormaydigan bolalar qabul qilinadi.

Qabul uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

1) ariza;

2) ota-ona pasporti nusxasi;

3) bolaning tug`ilganlik guvohnomasi nusxasi;

4) bolaning 2 dona fotosurati;

5) bolaning salomatligi to`g`risida tibbiy xulosa.

Mobil guruhlarda xizmatlar bepul ko`rsatiladi.

Bunda, ovqatlantirish majburiy emas, ta`lim bir kunda 3-4 soatni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar