TopUniversities portalida QS Graduate Employability (Bitiruvchilarning ishga joylashishi) reytingi e`lon qilindi. Unda bitiruvchilari yaxshi ishlarga joylashishi bo`yicha dunyoning eng yaxshi 500 ta universiteti o`rin olgan.
Bu yilgi reytingni AQShning Massachusets texnologiyalar universiteti boshqarib turibdi. "Sehrli diyor"ning Stenford va Kaliforniya universitetlari kuchli uchlikni hech kimga bermayapti.
4-o`rin Avtraliyaning Sidney universitetiga nasib qilgan bo`lsa, 5-o`ringa yana bir AQSh vakili — Garvard universiteti loyiq ko`rilgan.
Evrosiyoning eng yaxshi oliy o`quv yurti sifatida Xitoyning Sinxua universiteti tan olindi (6-o`rin). U hatto Angliyaning Kembrij (8-o`rin) va Oksford (10-o`rin) universitetlaridan oshib ketdi.
Reytingga Rossiyadan 13 ta OTM kiritilgan. Ular orasida eng mashhurlari: Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (101-o`rin), Sankt-Peterburg davlat universiteti (181-o`rin), Moskva xalqaro aloqalar davlat instituti (191-o`rin).
Reytingga Markaziy Osiyodan faqatgina bir universitet kiritilgan: al-Forobiy nomidagi Qozog`iston milliy universiteti (251-o`rin).
Afsuski, O`zbekiston universitetlaridan birontasi ham bu ro`yxatga kira olmadi.