AsosiyJamiyat

Deputat Toshkent shahar hokimligini nega tanqid qildi?

'Deputat Toshkent shahar hokimligini nega tanqid qildi?'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev Toshkent shahar hokimiyatini “deputatlar so`roviga bepisand” bo`lgani uchun tanqid qilib chiqdi. Uning aytishicha, Yunusobod tumanida ro`yxatdan o`tgan “Suli” xususiy firmasi rahbari o`ziga tegishli bo`lgan bino buzilgani uchun sud belgilagan 950 million so`mlik tovon pulini undirish borasida deputatdan yordam so`rab chiqqan. Tovon pulini Toshkent shahar va Chilonzor tuman hokimliklari to`lab berishi lozim bo`lgan.

Belgilangan tovon puli o`z vaqtida to`lanmagan, ayni masalada joriy yil 6 avgustda Rasul Kusherbaev shahar hokimiyatiga yo`llagan so`rovga ham haligacha javob berilmagan. Holbuki, qonunga muvofiq deputatlik so`roviga 10 kun ichida javob berish shart.

“Aslida Toshkent shahar hokimiyatining deputatlarga bepisandligiga o`tgan davrda “arzon uy-joylar” misolida guvoh bo`lgan va bu haqda boshqa deputatlardan ham ko`p bora eshitganman. Biroq Toshkent ham O`zbekistondagi qonunlarga amal qiladigan, respublika tarkibidagi ma`muriy sub`ekt ekanligi uchun mas`ullarning sal erga tushib, insofga kelishiga umid uzilmagandi.

Endi esa o`sha umid ham qolmadi: shahar hokimiyatida hokimdan tortib uning mehnat jamoasigacha deputatga, uning so`roviga panja ortidan qarash o`zgarmagan. Oliy vakillik organidagi deputatga shunday munosabat bo`lgandan keyin oddiy fuqarolar ahvolini tasavvur qilavering: tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda ko`r”, deydi Rasul Kusherbaev.

    Boshqa yangiliklar