Marg`ilonlik usta o`zining Lacetti avtomobilidan Ferrari'ga o`xshash bo`lgan avtomobil yasadi. Bu haqida Facebookdagi “Voditeli Tashkenta” guruhida Akbar Murodov ismliy foydalanuvchi xabar qilgan.

Xabarda avtomobil old, yon va orqa tomondan olingan suratlari joylashtirilgan. Guruh a`zolari ushbu rasmlarni turlicha kutib olishdi, kimdir hazil aralash bu yigitni darrov “O`zvtoprom”ga boshliq qilish kerak, desa boshqalar YHXB bunday avtomobilga oddiy yo`llardan harakat qilishiga ruxsat berarmikan deb xavotir olgan.

Nima bo`lganda ham, yigitga qoyil qolish kerak. "Nol"dan boshlab butun boshli avtomobil yasash uchun qancha vaqt, kuch va mablag` kerak. Biroz oldin Samarqand va Buxoroda ham ana shunday entuziast yigitlar Ferrari avtomobili yasashga kirishishgan edi.






