Londondagi Christie's auksion uyidan qariyb bir million funt sterling yoki taxminan 1,5 million AQSh dollarilik buyumlar o`g`irlab ketildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Talonchilik 7 dekabr kuni kechqurun sodir bo`lgan, biroq bu ikki hafta o`tgandan so`ng ma`lum bo`lgan. Videokuzatuv kameralari jinoyatchilarni qayd etib qolgan bo`lsa-da, polisiya hali ularni topmagan.
Christie’s - dunyodagi eng qadimiy auksion uyi. 1766 yilda u kartinalar, mebel, zargarlik buyumlari va kam uchraydigan vinolar sotishni boshlagan. Birinchi savdo Londonda 5 dekabr kuni bo`lib o`tgan. Savdolarni Jeyms Kristi olib borgan.





