AsosiyJamiyat

Surxondaryoda Bosh prokuratura rahbariyati ishtirokida sayyor qabul bo`lib o`tdi

'Surxondaryoda Bosh prokuratura rahbariyati ishtirokida sayyor qabul bo`lib o`tdi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Angor tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha 2-sektor shtabida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxo`jaev rahbarligida bo`lib o`tgan bo`lib o`tgan navbatdagi sayyor qabulda viloyat, tuman hokimiyati vakillari, viloyat prokurorining o`rinbosarlari hududda faoliyat olib borayotgan aloqadar korxona va tashkilotlarning mas`ul rahbarlari ishtirok etishdi.

Qabul jarayonida mavjud muammolar atroflicha o`rganilib, viloyatda istiqomat qilayotgan 80 nafardan ortiq fuqarolardan tushgan turli mavzulardagi murojaatlar fuqarolar ishtirokida muhokama qilingani holda ularning 10 dan ortig`i sayyor qabul davomida hal etildi.

Aytish o`rinliki, mazkur sayyor qabul davomida ko`rib chiqilgan aholimurojaatlarining asosiy qismini uy – joy bilan ta`minlash, shuningdek, mavjud uy – joyini ta`mirlashga amaliy yordam ko`rsatish bo`yicha qilingan murojaatlar tashkil etdi. Bundan tashqari, kredit olish, ishga kirish masalalaridagi muammolarham bor.

Murojaat etgan fuqarolardan biri Termiz shahar “Yulduz” mahallasida yashovchi Saodat Itolmasova qizining Majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo`limi tomonidan ichki ishlar organlariga ishga tiklab berilishi munosabati bilan o`zining minnatdorchiligini bildirdi.

Yakunda ayrim murojaatlarni o`z vaqtida o`rganib chiqish bo`yicha mas`ullarga zaruriy topshiriqlar berildi. Albatta, bu kabi sayyor qabullar fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni o`z vaqtida bartaraf etish imkonini berayotganligi bilan yanada ahamiyatli bo`lmoqda.

    Boshqa yangiliklar