AsosiyJamiyat

Bilim yurtida Prezident qarori ijrosini ta`minlash bo`yicha uchrashuv o`tkazildi

'Bilim yurtida Prezident qarori ijrosini  ta`minlash bo`yicha uchrashuv o`tkazildi'ning rasmi

Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muxandislik bilim yurtida Mudofaa vazirligi mafkuraviy va tarbiyaviy ishlar bosh boshqarmasi mas`ul ofiserlari harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv o`tkazdi.

Unda asosiy masala Prezidentimizning 2019 yil 3 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog`ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga yoki halok bo`lgan harbiy xizmatchilarning oila a`zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to`lash tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash xaqida”gi PQ-4382-sonli qarori ijrosini ta`minlashga qaratildi.

Shuningdek,tadbirdaMudofaa vazirining 2019 yil 31avgustdagi tegishli buyrug`i hamda yo`riqnomada belgilangan bir qatorvazifalar ijrosini ta`minlashyuzasidan amalga oshirilishi lozim bo`lganmasalalar slaydlar asosidaishtirokchilarga bayon etildi.

Shu bilan birga, ofiserlar hamdaharbiy xizmatchilarga mazkur buyruq asosida Mudofaa tizimida xizmat majburiyatlarini bajarish chog`ida tan jarohati olgan yoki halok bo`lgan harbiy xizmatchilarning oila a`zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to`lash tartibi yuzasidan batafsil ma`lumotlar berildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar