19 sentyabdan Yandex.Taxi Farg`ona va Marg`ilon shaharlarida ish boshladi.
Taksiga buyurtma berish uchun, ilovani yuklab olish, uni ochish va qaerga borish kerakligini ko`rsatish kerak. Geolokasiya yoqilganda servisning o`zi foydalanuvchi qaerda turganini aniqlaydi va eng tez etib keladigan haydovchini topadi.
Yo`l haqi 2000 so`mdan boshlanadi. Masalan, aeroportdan «Ostrov sokrovish» restoranigacha safar taxminan 3300 so`m, Sayilgoh ko`chasidagi «Makro» supermarketidan Marg`ilon oziq-ovqat bozorigacha — 7000 so`m atrofida bo`ladi.
«Biz mashinaga buyurtma berish nafaqat poytaxtda mavjud va qulay bo`lishini xohlaymiz. Farg`ona va Marg`ilon aholisi bizning ilovamiz yordamida buyurtma berish jarayonini to`liq nazorat qilishlari va haydovchi yo`lovchini olish joyiga kelayotganini hamda u hozir qaerda ekanligini ko`rishlari mumkin bo`ladi», — deydi Yandex.Taxining O`rta Osiyo bozorlarini rivojlantirish bo`yicha ijrochi direktori Tamirlan Shapiev.
Yandex.Taxida Farg`ona va Marg`ilonda ham, boshqa shaharlarda bo`lgani kabi, o`zining haydovchilari va mashinalari bo`lmaydi. Kompaniya mahalliy yo`lovchi tashuvchilar bilan hamkorlik qiladi.
Ilovada tunu-kun ishlaydigan onlayn qo`llab-quvvatlash xizmati bor. Agar foydalanuvchining safardan ko`ngli to`lmagan bo`lsa, mashinada narsalarini unutib qoldirgan bo`lsa yoki savol berishni xohlasa — u ilova orqali qo`llab-quvvatlash xizmati bilan bog`lanishi mumkin va u unga tezda yordam berishadi.
Yandex.Taxi o`zining texnologiyalaridan foydalanadi: xaritalar, yo`nalishlarni tuzish, navigasiya, buyurtmalarni taqsimlovchi aqlli tizim. Aynan texnologiyalar safarlarni foydalanuvchilar uchun ommaboproq qilishga va shu bilan birga haydovchilarni munosib daromad bilan ta`minlashga imkon beradi.
Eslatib o`tamiz, Toshkentda Yandex.Taxi 2018 yilning aprel oyida ishga tushirilgan. iOS va Android uchun bepul ilova, o`zbek, rus va boshqa ko`plab tillarda mavjud.