AsosiyJamiyat

Bizda maktabgacha ta`lim mobil guruhlari tashkil etiladi

'Bizda maktabgacha ta`lim mobil guruhlari tashkil etiladi'ning rasmi

Mobil guruhlar bazasida maktabgacha ta`lim xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish to`g`risida hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga ko`ra, 2019—2020-o`quv yilidan boshlab, maktabgacha ta`lim mobil guruhlari tajriba tariqasida Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar ayrim tumanlarida, qayta jihozlangan ISUZU HC 40 avtobuslarida tashkil etiladi.

Mobil guruhning asosiy vazifalaridan biri maktabgacha ta`lim bilan qamrab olinmagan bolalarning har tomonlama etuk, intellektual kamol topishiga sharoit yaratishdan iborat.

Mobil guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan, maktabgacha ta`lim muassasalariga bormaydigan bolalar qabul qilinadi.

Qabul uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • ariza;
  • ota-onaning pasporti nusxasi;
  • bolaning tug`ilganlik guvohnomasi nusxasi;
  • bolaning 2 dona fotosurati;
  • bolaning salomatligi to`g`risida tibbiy xulosa.

Mobil guruhlarda xizmatlar bepul ko`rsatiladi.

Bunda, ovqatlantirish majburiy emas, ta`lim bir kunda 3—4 soatni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar