AsosiyJamiyat

1 yanvardan milliy muvofiqlik belgisi bo`lmagan tovarlarni sotishga taqiq qo`yilishi mumkin

'1 yanvardan milliy muvofiqlik belgisi bo`lmagan tovarlarni sotishga taqiq qo`yilishi mumkin'ning rasmi

«O`zstandart» agentligi aholiga sotishdan oldin majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar ro`yxatini tasdiqlaydigan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini muhokamaga qo`ydi, deb yozadi Spot.

Hujjatda har birida bir nechta tovarlar bo`lgan 102 ta punkt mavjud. U oziq-ovqat, transport vositalari, kiyim-kechak, asbob-uskunalar, qurilish materiallari, plastmassa mahsulotlari, suv, minerallar va boshqa ko`p narsalarni o`z ichiga oladi.

Agar mahsulot milliy muvofiqlik belgisi bilan markirovka qilinmagan bo`lsa, uni sotish taqiqlanadi. Loyihada yangi tartibni 2020 yilning 1 yanvaridan joriy etish taklif etilmoqda.

Muvofiqlik belgisi tovarlar O`zbekistonda amalda bo`lgan normativ hujjatlarga muvofiq ravishda baholash va tasdiqlashdan o`tkazilganidan so`ng qo`llanishi mumkin.

Mahsulotni sertifikatlashda u sinovdan hamda ishlab chiqarish sharoitlarini majburiy baholash, texnik reglament va standart talablarining qiyosiy tahlilidan o`tkaziladi.

Ishlab chiqaruvchi mamlakatning texnik reglamentlari, standartlari va me`yorlariga javob bermaydigan mahsulotlarni sertifikatlashtirishga yo`l qo`yilmaydi.

Importga kelsak, tijorat maqsadlarida olib kiriladigan tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan mahsulot yoki qadoqdagi davlat tilida majburiy etiketkaga ega bo`lishi kerak, yopishqoq stikerlardan foydalanishga yo`l qo`yilmaydi.

Mahsulotlar uchun muvofiqlik sertifikatini uch yilga, mahsulot partiyasiga — yaroqlilik muddatiga, kafolat muddati bo`lmagan muddatga — amal qilish muddatini ko`rsatmasdan berish rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar