Toshkent markaziy vokzalidan «Toshkent—To`rtko`l—Miskent—Toshkent» yo`nalishi bo`yicha "Salomatlik" poezdi yo`lga chiqdi, deya xabar bermoqda O`zA.

22—27 sentyabr kunlari ushbu yo`nalishda istiqomat qilayotgan aholi mutaxassislar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi.

Shuningdek, hududdagi tibbiy va ijtimoiy muassasalarga, kam ta`minlangan, himoyaga muhtoj oilalarga manzilli ravishda oziq-ovqat paketlari hamda tibbiy ko`rikdan o`tgan aholiga nogironlar aravachalari, dori-darmon, sanitariya-gigiena vositalaridan iborat insonparvarlik yordami tarqatiladi.







