AsosiyJamiyat

Endilikda Xiva shahridagi "Ichan-Qal`a" muzey chiptalarini internet orqali bron qilish yoki sotib olish imkoni bor.

'Endilikda Xiva shahridagi "Ichan-Qal`a" muzey chiptalarini internet orqali bron qilish yoki sotib olish imkoni bor.'ning rasmi

"Ichan-Qal`a" davlat muzey qo`riqxonasida 2019 yildan sayyohlikni rivojlantirish, muzeyga tashrif buyuruvchilarga qo`shimcha qulayliklar yaratish, xisob-kitob ishlarida shaffoflikni taminlash, axborot-texnologiyalarini sohaga keng tadbiq qilish, muzeyga tashrif buyuruvchilarni hisobini yuritish va elektron chiptalar sotishni avtomatlashtirilgan tizimini yaratish bo`yicha loyixani bosqichma - bosqich yo`lga qo`ymoqda.

Ushbu tizimni birinchi bosqichi 2019 yil 15 aprelda ishga tushirildi va barcha muzeyga tashrif buyuruvchilarga elektron chiptalar sotish yagona chiptaxona orqali yo`lga qo`yildi. Bundan tashqari tashrif buyuruvchilar o`z mobil qurilmalari orqali PayMe GO va Click tizimlari orqali xam joyida har bir muzeyga o`rnatilgan smart turniketga masofadan to`lovni amalga oshirishlari xizmati xam yo`lga qo`yildi. Natijada muzeyga tashrif buyuruvchilarni chiptaxona oldida navbati vaqti qisqardi va davlat byudjetiga tushumlar 2-2.5 barobarga oshdi.

Xozirda barcha sayyoxlik sub`ektlari, mexmonxonalar va tur-operatorlar uchun yana bir qulaylik - o`zlarini sayyohlari uchun masofadan muzey chiptalari xarid qilish tizimi xam ishga tushirildi. Bundan tashkari axoli uchun xam masofadan turib, oldindan muzey chiptalarini internet tarmoqi orqali, mobil qurilmalari orqali bron qilish, chiptalar sotib olish xizmati xam yo`lga qo`yildi. Ushbu xizmatlarni muzey-qo`riqxona saytida (khivamuseum.uz)gi interaktiv xizmatlar bo`limi https://tickets.khivamuseum.uz/ orqali amalga oshirish mumkin.

https://tickets.khivamuseum.uz/

Barcha yurtdoshlarimizni Ichon-Qal`a muzey qo`riqxonasiga taklif qilamiz va ko`rsatilayotgan xizmatlardan foydalanishni taklif qilamiz.

Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar