AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Sobiq Ittifoq davlatlari orasida eng yuqori inflyasiya qayd etildi

'O`zbekistonda Sobiq Ittifoq davlatlari orasida eng yuqori inflyasiya qayd etildi'ning rasmi

O`zbekiston 2019 yil birinchi yarmida inflyasiya eng yuqori Sobiq Ittifoq davlatlari ro`yxatini boshqardi.

Belarusning «Belnaviny.by» nashriga ko`ra, bu vaqt mobaynida mamlakatda narxlar 8,2 foizga o`sgan.

Mazkur ro`yxat beshligiga, shuningdek, Tojikiston (5,8 foiz), Moldova (4 foiz), Gruziya (3,1 foiz) va Qozog`iston (3 foiz) ham kirdi.

Yanvardan avgustgacha iste`mol narxlari o`sishi 2,9 foizga teng bo`lgan Belarus reytingda 6-o`rinni egalladi. Ukrainada inflyasiya 2,7, Estoniyada 2,6, Rossiyada 2,4 foizni tashkil qildi.

Ushbu ro`yxatdan faqat Armaniston ajralib qoldi: mamlakatda 2019 yilning 6 oyi davomida inflyasiya emas, aksincha, deflyasiya kuzatildi — 0,3 foiz.

    Boshqa yangiliklar